Muloqot davomida kompaniya vakillari tomonidan oʻtkazilgan taqdimotda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va oʻzaro hamkorlikning yoʻnalishlarini sanab oʻtildi.
Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston tomoni mamlakatda atrof muhitini asrash, iqlim oʻzgarishlariga qarshi kurashish hamda bu boradagi loyiha va tashabbuslar haqida maʼlumot berdi.
Muloqot soʻnggida oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻnalishlarini aniq belgilash, Oʻzbekistondagi hamkorlik imkoniyatlari bilan tanishish maqsadida kompaniya vakillarining mamlakatimizga safarini uyushtirish, kutilayotgan oliy darajadagi tashriflarga tayyorgarlik koʻrish borasida muzokaralar olib borish boʻyicha qoʻshma ishchi guruh tuzishga kelishib olingani holda har ikki ikki tomondan masʼullar belgilandi.
Maʼlumot tariqasida qayd etish joizki, “Beeah group” kompaniyalar guruhiga 2007-yili Sharja shahrida asos solingan. Atrof muhiti va chiqindilarni kompleks boshqarish, qayta tiklanuvchi energiya, transport, sogʻliqni saqlash, taʼlim va tadqiqotlar yoʻnalishidagi ushbu xolding tarkibida 7 ta kompaniya bor. Guruhda 13 ming nafardan ortiq xodim mehnat qiladi.