баннер
17 Mar 2025
10:18

    Mamlakatimizda 20-30-mart kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi“ oʻtkaziladi

    Ushbu haftalik munosabati bilan Turizm qoʻmitasi chegirmalar eʼlon qildi.

    Turizm qoʻmitasi Navroʻz bayrami munosabati bilan haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi, talaba va yoshlarni respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishga chorlamoqda.

    Shuningdek, haftalik doirasida respublikadagi joylashtirish vositalari hamda ovqatlanish shoxobchalari tomonidan 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi.

    Bundan tashqari, “Vaqf“ xayriya fondi tomonidan 182 ta ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarga bepul sayohat qilish hamda muzey va ziyoratgohlarga kirish chiptalari uchun 50 foizgacha chegirmalar belgilangan.

    Maʼlumot uchun, mazkur haftalik Prezidentning 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq oʻtkazilib kelinmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech