Uzbekistan Airways talabalar va yoshlar uchun chegirma eʼlon qildi

    Transport 14 Mart 2023 1369

    Uzbekistan Airways “Yoshlar turizmi haftaligi” munosabati bilan 21% chegirma e’lon qildi.

    “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkazilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways joriy yilning 23-31 mart kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi) maktab o‘quvchilari, talabalar va yoshlar uchun ekonom klass tariflariga 21% chegirma e’lon qiladi.

    Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keyingi kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi.

    To‘liq foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirganda, agar jo‘nash sanalaridan biri chegirma tugagan vaqtdan keyinga to‘g‘ri kelmasa, to‘liq tarif darajasiga chegirmalar qo‘llanilmaydi.

    Chegirmali aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun faqatgina Uzbekistan Airways Sales yoki uning agentlariga murojaat qilish kerak.