Mamlakatimizda noyabr oyi “Keksalar turizm oyligi” munosabati bilan chegirmalar belgilandi

    Turizm 29 Oktabr 2024 421

    Yurtimizda noyabr oyi “Keksalar turizm oyligi” munosabati bilan ushbu oyda keksalarimizning dam olish vaqtlarini maroqli va mazmunli tashkil etish, hududlar boʻylab ichki turizm yoʻnalishida sayohatlarga jalb etish maqsadida, bir qator chegirmalar joriy etildi. Jumladan:

    1. Turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan noyabr oyi davomida respublikadagi 179 ta mehmonxona va mehmon uyi (roʻyxati) xizmatlari uchun 2-33 % gacha hamda 78 ta umumiy ovqatlanish joyidagi (roʻyxati) xizmatlarga 5-20 % gacha foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.

    2. Noyabr oyi davomida keksalarning mahalliy yoʻnalishlar boʻylab sayohat qilishlari uchun “Uzbekistan Airways” AJ respublika ichidagi yoʻnalishlarda erkin sotuvda mavjud boʻlgan barcha toifadagi ekonom-klass (LPR3M, UPR3M, SPR3M, OPR3M tashqari) klassdagi tariflaridan 15% chegirma taqdim etilishi maʼlum qilindi. Ushbu chegirma Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 60 yoshdan oshgan erkaklarga va 55 yoshdan oshgan ayollarga taqdim etiladi.

    3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan nuroniy nafaqaxoʻrlarga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 55 yoshdan yuqori ayollar hamda 60 yoshdan yuqori erkaklarga) 1-30-noyabr kunlari barcha mahalliy yoʻnalishdagi poyezdlarning (tezyurar “Afrosiyob” elektro poyezdidan tashqari) temir yoʻl chiptalarining tarif qismidan 20% chegirma bilan taʼminlanishi belgilan. Jamiyat tomonidan ushbu chegirmali chiptalarni onlayn tarzda hamda barcha chiptaxonalarda rasmiylashtirish mumkinligi maʼlum qilingan.

    4. “Uzautotrans Service” MCHJ tomonidan oylik davomida viloyatlarga tashrif buyuruvchi keksalarga hududlararo yoʻnalishlarda qatnovchi avtobus (guruh boʻlib 51 yoʻlovchini borishi-kelishi) 10 foizgacha chegirma asosida xizmat koʻrsatish imkoniyati mavjud.

    5. Turistik maskanlarga kirishda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi muzey va ziyoratgohlarga (roʻyxati) noyabr oyi davomida keksalar uchun 50% chegirmalar belgilangan.

    6. Madaniy meros agentligi tomonidan ushbu oylik doirasida keksalar sayohati davomida Agentlikka qarashli boʻlgan 114 ta muzey va galereyalarga (roʻyxat) kirishi bepul tarzda amalga oshiriladi.

    7. Madaniyat vazirligi tomonidan noyabr oyida Respublikadagi teatrlarda namoyish etiladigan spektakllar repertuarlari roʻyxati eʼlon qilindi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.