Maʼmuriy jarimalar 15 kun ichida toʻlansa, 50 foiz chegirma qoʻllaniladi

    Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritish bo‘yicha Qonun (O‘RQ–830-son, 18.04.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

    Kodeksning 332-1-moddasiga kiritilgan oʻzgartishga koʻra:

    Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.

    Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:

    ▫️Kodeksning 131, 132, 136 va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;

    ▫️jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

    ▫️xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

    Qonun 2023-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.