Kodeksning 332-1-moddasiga kiritilgan oʻzgartishga koʻra:

Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:

▫️Kodeksning 131132136 va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;

▫️jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

▫️xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

Qonun 2023-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.