Fuqaro Aziz Ergashev (ismi familiyasi oʻzgartirilgan)dan fuqarolik ishlari boʻyicha Chust tumanlararo sudining buyrugʻiga asosan ikki nafar farzandi uchun voyaga yetgunga qadar oylik ish haqi va boshqa daromadidan 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Kosonsoy tuman boʻlimi ish yurituviga olingan va qarzdor otaga nisbatan ijro ishi qoʻzgʻatilgan. Davlat ijrochisi tomonidan A.Ergashevga aliment mablagʻlarini oʻz vaqtida toʻlash tushuntirilgan. Biroq, u bunga panja orasidan qarab, 30 oy davomida surunkasiga aliment toʻlashdan qasddan boʻyin tovlab keladi.
Qarzdorlik esa 21.515.850 soʻmni tashkil etadi. Bu boʻyicha toʻplangan hujjatlar sudga yuborilib, 2020-yilning 17-fevral kuni unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 474-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Ammo, qarzdor ota bundan xam toʻgʻri xulosa qilmay maʼmuriy qamoqdan soʻng ham 11 oy mobaynida aliment qarzdorlikni toʻlamay keladi.
Qarzdor ota moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlab, jazo qoʻllanilgandan soʻng ham toʻlamaganligi oqibatida unga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishiga sabab boʻldi.
Oʻtkir Yunusov,
MIB Namangan viloyat boshqarmasi katta surishtiruvchisi