Xususiy tadbirkor A'zamjon Ahmadjonov boshchiligidagi “Marg'ilon saxovati” guruhi a'zolari tomonidan o'tkazilgan sahovat tadbiri ko'pchilikka quvonch ulashdi.
— Bir emas ikki nafar jondan aziz dilbandlarimning to'yi o'tkazildi. Farzandlarim otasining avtohalokat sababli yurish imkoniyati cheklangan, o'zimning kunlik ishlab topayotgan mablag'im ro'zg'or tebratishga bazo'r etadi. To'y o'tkazishni-ku xayolimizga ham keltirolmasdik... Orzularimizni ro'yobga chiqarishda yaqindan yordam bergan, o'g'illarimni ko'zlariga quvonch ulashgan tashkilotchilarga ming rahmat. — deydi qo'shtepalik Muazzamxon Ortiqova.
Shuningdek, xayriya tadbiri davomida qo'shtepalik Ziyovuddin va Sirdaryo viloyatilik Xayrinisoxonlarning nikoh to'ylari ham homiylar tomonidan o'tkazib berildi. Poytaxtdan tashrif buyurgan el ardog'idagi sohirnafas san'atkorlar ijrosidagi kuy-qo'shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat ulashdi, deya xabar bermoqda Marg'ilon shahar hokimligi Axborot xizmati