Xususan, Margʻilon shahridagi sobiq ʻAQUA PARKʻ hududida joriy yilda qurilish ishlari boshlanishi rejalashtirilayotgan Margʻilon shahar musiqali maqom teatrining 500 oʻrinli yangi binosi loyihasining yakuniy koʻrinishi viloyat hokimiga taqdim etildi.
Studio Vertebra meʼmorlari tomonidan Fargʻona shahrida Qirguli sport-baliqchilik xoʻjaligi sifatida foydalanib kelinayotgan koʻlni zamonaviy turistik xizmatlar bilan boyitilgan choʻmilish va dam olish zonasiga aylantirish boʻyicha loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilishiga kelishib olindi. Ushbu hududdan zamonaviy mehmonxona, barcha sharoitlarga ega plyaj, suv boʻyiga joylashtiriladigan restoranlar va xizmat koʻrsatish shaxobchalari oʻrin olishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Shuningdek, viloyatimizda barpo etilishi koʻzda tutilayotgan Koʻrgazmalar markazi loyiha konsepsiyasi ham viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan Studio Vertebra kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqiladigan boʻldi. Loyiha konsensiyasiga koʻrgazma pavilyonlari, biznes markazi, 500 oʻrinli konferensiyalar zali va boshqa obyektlarning kiritilishi belgilab berildi.
Uchrashuvda viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi Laziz Pozilov ham ishtirok etdi.