Fargʻona viloyati “Tuyagum” MFYda istiqomat qiluvchi Shuhratjon Rustamov 2002-yildan buyon turli xil noyob qushlarni parvarishlash bilan shugʻullanib kelmoqda. Dastlab atigi 4 bosh qush bilan ish boshlagan tadbirkor bugungi kunda 12 turdan ortiq, 2 ming 500 boshdan ziyod qushni parvarishlab, oilaviy daromadini yoʻlga qoʻygan.
“Mahallamizda 50 dan ortiq xonadon qush parvarishi bilan shugʻullanadi. Bu yoʻnalish mahallamizda «drayver loyiha” sifatida tanlab olingan. Maslahat soʻrab kelganlarga, qiziqqanlarga yordam berib kelyapman», – deydi Shuhratjon Rustamov.
Tadbirkorning kelgusidagi rejalari katta. U qushlar savdosiga ixtisoslashgan doʻkon ochishni maqsad qilgan. Ushbu doʻkonda nafaqat turli xil qushlar, balki ularga zarur boʻlgan mahsulotlar yaʼni ozuqa, vitamin va gigiyena vositalari, qafaslar sotilishi koʻzda tutilgan. Shu orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish ham rejalashtirilgan.