Farmonga koʻra, 2026-yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi Turizmni rivojlantirish dasturi joriy etiladi, jumladan:
- 2026–2028-yillarda tijorat banklari tomonidan barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun 7-yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda kreditlar ajratiladi:
- viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, turizmga ixtisoslashgan tuman (shahar)larda qurilayotgan mehmonxonalar uchun – 30 mlrd soʻmgacha;
- boshqa hududlarda – 10 mdrd soʻmgacha;
har yili sayyohlarning eng koʻp eʼtiborini qozongan va nufuzli xalqaro platformalarda ijobiy eʼtirof etilgan joylashtirish vositalarini aniqlash va taqdirlash boʻyicha mukofot jamgʻarmasi 1 mln AQSH dollariga teng tanlov oʻtkazish.
2026-yildan davlat koʻchmas mulkini ijaraga berish muddati 3-yildan 5-yilgacha oshiriladi.








