Sababi yoshlarga bildirilayotgan ishonch va berilayotgan imkoniyatlar yaqin davr ichida samarasini berishi shubhasiz.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Marhamat tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishib, tadbirkorlik qilish istagini bildirgan yoshlar bilan muloqot oʻtkazdi.

Muloqot davomida yurtboshimizning yoshlar va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga uy-joy hamda kredit mablagʻlari ajratish yuzasidan mutasaddilar oldiga qoʻygan masalalar va ularning mazmun-mohiyati xususida atroflicha tushunchalar berdi. Jarayonda topshiriqlarning bugungi ijrosi yuzasidan soʻz yuritib, viloyatimiz kesimida tahlil etdi.

Shuningdek, viloyat rahbari Marhamatda yangi bunyod etilayotgan yana bir “Yoshlar kichik sanoat zonasi”ning tamal toshini qoʻyib berdi. Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyib, ishchi oʻrni yaratishni maqsad qilgan yigit-qizlarning loyihalari bilan tanishib, tavsiya va koʻrsatmalar berdi.

Marhamatlik yoshlar ushbu hududda 38 mlrd. soʻmlik 14 loyihani amalga oshirish hisobiga 464 ta ishchi oʻrni yaratishga kirishdilar.

Andijon viloyati hokimligi

matbuot xizmati