Markaziy bank jismoniy shaxslarning valyuta operasiyalariga doir ma’lumotlarni taqdim etdi  

    Unga ko‘ra:

    2022 yil yanvar-may oylarida respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari 4,19 mlrd. dollarni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 61 foizga (1,58 mlrd.dollar) oshgan.

    2022 yil yanvar-may oylarida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan jami 4,32 mlrd. dollar mikdorida yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 59 foizga (1,6 mlrd doll.) ko‘p xorijiy valyuta sotib olindi.

    Tijorat banklari orqali jismoniy shaxslarga jami 2,84 mlrd. dollar mikdorida yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 70 foizga (1,17 mlrd. doll.) ko‘p xorijiy valyuta sotildi.