Mazkur qoya Geyl kraterida joylashgan boʻlib, u yerda uskuna 2012-yildan beri ishlaydi. Suratlar 1-aprelda olingan.

Olimlarning taʼkidlashicha, bu Marsni oʻrganish davomida kuzatilgan eng noodatiy tuzilmadir.

Olimlarning fikriga koʻra, bunday shakllar million yillar davomida Marsda qumli shamol taʼsirida yuzaga kelgan boʻlishi mumkin. “Shoxlar” toshning uzoq vaqt davomida eroziyaga uchrashining hosilasi boʻlishi mumkin.

Bu Curiosity tomonidan topilgan birinchi gʻalati shakllar emas. 2022-yil iyun oyida u Qizil sayyora yuzasida chiqib turuvchi bir nechta egilgan tuzilmalarni topdi. Mutaxassislarning aytishicha, ular Mars tuprogʻidagi yoriqlarni toʻldiradigan yopishqoq jinslardan hosil boʻlgan. Vaqt oʻtishi bilan yumshoqroq jinslar yemirilib, faqat zich materialdan iborat “minoralar” qolgan, deb xabar beradi mir24.tv.