Xitoy Marsdan olingan yangi kadrlarni baham koʼrmoqda. Hozirda Zhu-Rong sayohatchisi Utopiya tekisligini oʼrganmoqda. U Qizil sayyorada yozib olingan tovushlarni Yerga uzatgan. 

Shuningdek, Xitoyning kosmik maʼmuriyati roverga qoʼnish jarayoni va transport vositasining platformadan chiqib ketishi haqidagi animatsiyani videoga oldi. Yozuvlarda siz qurilmaning tovushlarini ham eshitishingiz mumkin. Mars atmosferasida tovush Yerga qaraganda butunlay boshqacha tarzda tarqaladi.

OʼzMU talabasi Lobar Rahimova tayyorladi.