Mart oyida eng arzon osh Namangan viloyatida — bir porsiya si 19 900 soʻmdan sotilgan

    Davlat statistika agentligi 2024-yilning mart oyi uchun palov indeksini eʼlon qildi.

    Unga koʻra, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan boʻlib, bir porsiya si 30 200 soʻm boʻlgan. Undan keyingi oʻrinlardan Buxoro (28 600 soʻm) va Xorazm (27 200 soʻmdan) viloyatlari joy olgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida — bir porsiya si 19 900 soʻmdan sotilgan.

    Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning bir porsiya si uchun oʻrtacha narxlari quyidagicha boʻlgan:

    • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 24 300 soʻm;
    • Andijon viloyati – 24 400 soʻm;
    • Buxoro viloyati – 28 600 soʻm;
    • Jizzax viloyati – 25 600 soʻm;
    • Qashqadaryo viloyati – 27 700 soʻm;
    • Navoiy viloyati – 24 200 soʻm;
    • Namangan viloyati – 19 900 soʻm;
    • Samarqand viloyati – 27 000 soʻm;
    • Surxondaryo viloyati – 25 800 soʻm;
    • Sirdaryo viloyati – 23 000 soʻm;
    • Toshkent viloyati – 25 000 soʻm;
    • Fargʻona viloyati – 21 600 soʻm;
    • Xorazm viloyati – 27 200 soʻm;
    • Toshkent shahri – 30 200 soʻm.