Azat Badranov yurtimizda taʼlimga qaratilayotgan eʼtiborni hamda Prezident maktablari loyihasini alohida eʼtirof etdi.
— Prezident maktablari konsepsiyasi, ayniqsa ularning barcha viloyatlar markazida bir xil loyihada tashkil etilgani, bu yerdagi muhit hamda yaratilgan sharoitlar tahsinga sazovor. Men yana Prezident maktablaridagi taʼlim dasturlari xorijiy yetakchi taʼlim dasturlar bilan integratsiyalashtirilganini eʼtirof etmoqchiman. Bu oʻquvchilarning xorijiy tajribani oʻrganish bilan bir qatorda milliy qadriyatlar ruhida kamol topishida alohida ahamiyatga ega, — dedi Azat Badranov.
Mehmonlar uchun maktab boʻylab ekskursiya tashkil etildi hamda oʻquvchilar tomonidan qoʻlga kiritilgan yutuqlar bilan tanishtirildi.