Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona post orqali fuqaro boshqaruvida harakatlangan yengil avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, avtotransport vositasining orqa eshigi ichki qoplamasida, xufiyona yashirib joylashtirilgan, 1 dona zarli qogʻoz oʻramida 529 gr. gashish giyohvandlik vositasi fosh etildi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.