баннер
12 Mar 2025
04:24

    Mashinasini YPX xodimi ustiga haydagan shaxs qamoqqa olindi

    Samarqandda YPX xodimining qonuniy talabiga boʻysunmasdan inspektorning hayoti uchun xavfli harakatlar sodir etgan haydovchi qamoqqa olindi.

    Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 31-yanvar kuni Samarqand shahri Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida xizmat faoliyatini olib borayotgan YPX xodimi davlat raqamisiz harakatlanib kelayotgan Onix avtomoshinasiga toʻxtash ishorasini beradi.

    Haydovchi inspektorning qonuniy talabiga boʻysunmay, mashinani xodim ustiga haydab, unga tan jarohatlari yetkazdi. Soʻng voqea joyidan qochib ketdi.

    Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi 140-moddasi 3-qismi (jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda haqorat qilish) va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish, qanday shaklda boʻlmasin oʻzining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, haydovchi protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllangan.

    Hozirda ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech