Joriy yilning 21-fevral kuni taxminan soat 12.50 larda 1979-yilda tugʻilgan Sh.M. Yunusobod tumanidagi “Minor” masjidida kiyim ilgichida turgan, 1998-yilda tugʻilgan I.D.ga tegishli boʻlgan kurtkasidan shaxsiy hujjatlari va 170.000 soʻm miqdoridagi pullari boʻlgan hamyonini noqonuniy ravishda egallab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB