Mask insoniyatni Oyda baza va Marsda shaharlar qurishga chaqirdi. Uning fikricha, odamlar “yulduzlar orasida bo'lishlari” kerak.

Tadbirkor birinchi parvozdan (aka-uka Raytlarning samolyoti) Oyga qo'ngunga qadar bor-yo'g'i 66 yil o'tganini, Oyga oxirgi marta qo'ngandan buyon yarim asr o'tganini eslatdi, deb xabar beradi lenta.ru.

Maskning fikricha, bu voqea sivilizatsiya sifatida insoniyatning eng yuqori yutug'iga aylana olmaydi.