Bu haqda “Dunyo” AA xabar qilmoqda.

Bolakay 2023-yilda tugʻilgan boʻlib, tugʻilganida uning onasi tomonidan tugʻruqxonaga nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma taqdim etilmagan. Shu sababli, chaqaloqqa hech qanday hujjat rasmiylashtirishning imkoni boʻlmagan. Qolaversa, bolaning onasiga nisbatan Oʻmonda jinoiy ish ochilgani bois, u tugʻruqxonani yashirincha tark etgan.

Oʻz navbatida, ona bolasining suriyalik oilaga vaqtincha qarab turish bahonasi bilan qoldirib, Oʻzbekistonga qochib ketgan. Suriyalik oila bolaga oʻz farzandidek munosabatda boʻlib, ikki yil davomida parvarishlagan. Hozirgi vaqtda Suriyada tinchlik oʻrnatilgani sababli, ular oʻz vatanlariga qaytishga qaror qilgan. Shu sababli, Suriya fuqarolari bolani Oʻzbekiston elchixonasiga topshirib, oʻz vataniga ketgan.

2023-yilda Oʻmondan Oʻzbekistonga qochib ketgan ona boshqa qilgan jinoyatlari uchun 2024-yilda Oʻzbekistonda hibsga olinib, hozirda jazo muddatini oʻtamoqda.

Elchixona tomonidan bolaning hujjatlarini toʻgʻrilash maqsadida Oʻmonning tegishli idoralari olib borilgan muzokaralar natijasida vatandoshimizga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirildi. 18-dekabr kuni bola elchixona xodimi hamrohligida Maskat–Dubay, Dubay–Toshkent yoʻnalishida Oʻzbekistonga qaytarilgan.