Mazkur holatga Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Jahongir Saʼdullayev izoh berdi.
"Samarqand “ichib rulga oʻtiradigan”larga chek qoʻyish boʻyicha namuna boʻla oladi.
Birinchidan, Respublikada avtomashinalar soniga koʻra, aholi soni eng koʻp hudud — Samarqand. Poytaxtdan keyin ikkinchi oʻrinda. Biroq bu asosiy va muhim omil emas.
Ikkinchidan, Samarqandda har kuni mast haydovchilarni aniqlash boʻyicha shiddatli reydlar boʻladi. Boshqarma boshligʻi Raxmatjon Toshnazarovich topshirigʻiga asosan YHXB mastlarni aniqlash boʻyicha qattiq ishlaydi.
Uchinchidan, Samarqand chorrahadagi sivilizatsiya markazi. Koʻpchilik dam olishga kelib, tunning ikkinchi yarmigacha oʻtirib, spirtli ichimliklar ichib, afsuski boshqaruvga oʻtiradi.
Yana bir jihat, ayrim fuqarolarda masʼuliyat va javobgarlik hissini pastligi. Nafaqat oddiy fuqarolar, balkim davlat idoralari xizmatchilari ham.
Bunda albatta biz IIB xodimlariniyam aybimiz bor deb hisoblayman. Ichib tushganga umuman engillik berish kerakmas. Targʻibot va bu boradagi profilaktikani kuchaytirishimiz kerak. Haydovchini ichib “rulga oʻtirish”ga vijdoni va qoʻrquvi yoʻl qoʻymasligigacha ishlashimiz kerak. OAV dan kengroq foydalanishimiz lozim.
Nima boʻlganda ham, inson hayoti muqaddas. Spirtli ichimlik ichib mashina haydaganlar yanada koʻproq aniqlanib, yanada ayovsiz jazolanishi kerak. Toki, bu qilmishni boshqa takrorlashga jazm qilishmasin".