Mast holda mashina boshqargan fuqarolarning avtomobili davlat foydasiga musodara qilinmaydi

    Transport 27 Dekabr 2023 523

    Kun avvalida ijtimoiy tarmoqlarda “Mast holda mashina boshqargan shaxslarning boshqaruvidagi avtomashinalar, davlat foydasiga musodara etiladi” mazmunida axborot tarqalgandi.

    IIV YHXX shu mazmunda tarqalgan xabarlarni rad etdi.

    Mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan.

    “Mazkur loyihada mast holda avtomobil boshqarganlik uchun jazo sifatida “transport vositasini davlat foydasiga musodara qilish” taklif etilmaganligini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.