Shu sababdan mazkur azotli oʻgʻitga boʻlgan talab hamisha yuqori boʻlib kelgan, Buni anglagan ayrim kimsalar masʼul lavozimda boʻla turib, shaxsiy manfaatdorlik yuzasidan nafs quliga aylanishmoqda.

“Oʻzagroinspeksiya” Jalaquduq tuman boʻlimi inspektorlarining huquq targʻibot organlari bilan hamkorlikda olib borgan tadbirlari natijasida 2021-yil 31-yanvar kuni “Andijon Agrokimyohimoya” korxonasi Jalaquduq tumanlararo filialining mansabdor shaxslari va boshqalar oʻzaro oldindan til biriktirib, 34 tonna ammiyakli selitra mineral oʻgʻitini markaziy omboridan olib chiqib, fermer xoʻjaliklariga tarqatmasdan “Toshmatov” massividagi filial tasarrufida boʻlmagan xususiy omborxonaga olib borib tushirayotgan vaqtda inspeksiyaning tuman boʻlimi va tuman Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar (tuman davlat xavfsizlik xizmatiga) organlarga taqdim etilib, filial rahbari va ombor mudiriga nisbatan tegishli huquqiy chora koʻrildi.

“Oʻzagroinspeksiya” Axborot xizmati