“Matiz” urib yuborgan velosiped haydovchisi shifoxonada vafot etdi

Fargʻona viloyati IIB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston tumanida 22-aprel kuni fuqaro M.J. “Matiz” avtomashinasini Hayotobod qishlogʻi hududida boshqarib ketayotib, yoʻlnin qatnov qismini velosipedda kesib oʻtayotgan V.R.ni urib yuborishi oqibatida, jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.