Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahrida joylashgan badminton sport markazida bo‘lib o‘tuvchi musobaqada Mudofaa, Adliya, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va huquqni muhofaza qilish organlar xodimlari o‘zaro bellashishadi.

Turizm va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Badminton federatsiyasi masʼulligida tashkil etilayotgan ushbu musobaqa 22-yanvar kuni o‘z yakuniga yetadi.

Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportsevarlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.