Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar beradi.
Qayd etilishicha, departamentning Samarqand shahri boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Tekshiruvda “Ph.l” MCHJda hisobchi lavozimida ishlagan B.M. bank elektron kalitlaridan foydalanib, MCHJning 6,4 milliard soʻm mablagʻini soxta maʼlumotlarni rasmiylashtirish orqali oʻzining nomiga ochilgan plastik kartalarga oʻtkazib olishga erishib, ushbu mablagʻlarni internet tarmoqlaridagi qimor oʻyinlarida yutqazib, talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.