Bukmekerlik faoliyati uchun litsenziya talablari belgilanmoqda

    Litsenziya olish uchun yuridik shaxs Oʻzbekiston rezidenti boʻlishi, shuningdek, respublikada joylashgan serverlarda elektron platformaga ega boʻlishi kerak.

    Vazirlar Mahkamasining 06.12.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarpi tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taminlash chora-tadbirlari goʻgʻrisida»gi VMQ-814-son qarori qabul qilindi.

    2025-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekistonda Internetda tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilgan.

    Hujjat bilan:

    • koʻrsatib oʻtilgan faoliyat turlari, shuningdek, lotereyalarni tashkil etish boʻyicha faoliyatning litsenziya talablari va shartlari;
    • ushbu faoliyat turlarini amalga oshirishdagi cheklovlar;
    • faoliyatni tashkil etish uchun toʻlovlar turlari va summalari tasdiqlanmoqda.

    Litsenziya olish uchun yuridik shaxs Oʻzbekiston rezidenti boʻlishi, shuningdek, respublikada joylashgan serverlarda elektron platformaga ega boʻlishi kerak.

    Internet tarmogʻi oʻyinlar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi uchun Ustav kapitali miqdori – BHMning 150 ming baravari miqdorida, lotereya tashkilotchisi banklarda BHMning 75 ming baravari miqdoridagi zaxira jamgʻarmasini saqlashi kerak.

    Faoliyatni amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:

    • 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga toʻlovlarni amalga oshirish;
    • lotereya biletlarni sotish punktlaridan tashqari oʻyinchilar bevosita ishtiroki va boʻlishi bilan bogʻliq tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan statsionar yoki koʻchma oʻyin zallari, kazino, oʻyin avtomatlar zallari yoki boshqa oʻyin muassasalarining tashkil etish.
    • Quyidagi bukmekerlik garovlarini tashkil etish va oʻtkazish:
    • Oʻzbekiston Respublikasining hududida va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida hodisalarga (sport oʻyinlari va musobaqalari, siyosiy jarayonlar, tanlovlar va boshqalar), bundan xalqaro federatsiyalar qoidalar asosida tegishli darajada tayyorgarlik, nazorat va hakamlikni taʼminlangan holda, tomoshabinlar ishtirokida oʻtkaziladigan sport oʻyinlari va xalqaro darajadagi hodisalar mustasno;
    • bolalar va oʻsmirlar sport musobaqalari mustasno.

    Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 12.12.2024-yildan kuchga kirdi.