Unda 20 dan ortiq davlatlardan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqdalar. Xalqaro Forum “AlHuda” Islom Bankchiligi va Iqtisodiyoti Markazi, Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi tashabbusi bilan, Oʻzbekiston banklari Assotsiatsiyasi va qator tashkilotlar koʻmagida oʻtkazilmoqda.
Forumdan koʻzlangan asosiy maqsad, MDH mamlakatlaridagi iqtisodiy bozorni oʻrganish, mintaqadagi islom bankchiligi va moliya sohasidagi tendensiyalar, imkoniyatlar va sohadagi uchrayotgan qiyinchiliklarni tahlil etishdan iboratdir.
Eslatib oʻtamiz, forum doirasida 22-23-oktyabr kunlari Oʻzbekiston banklari Assotsiatsiyasi binosida “Islom Bankchiligi, Takaful va Islom mikromoliyasi” mavzulariga bagʻishlangan ikki kunlik maxsus intensiv seminar trening tashkil etilmoqda.
Maʼlumot uchun, “AlHuda” Islom Bankchiligi va Iqtisodiyoti Markazi 15 yildan beri Islom bankchiligi va moliyasini targʻib etib kelmoqda. Xorijiy tashkilotning asosiy maqsadi foizsiz bank xizmatlarini koʻrsatishdir. Hozirda dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarning yetakchilar safida aynan ushbu markazda taʼlim olgan bitiruvchilar ish olib bormoqda.