Joriy yil avgust oyida Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida joylashgan “RSS-Servis” tashkilotida ishlash maqsadida ketgan yurtdoshlarimiz bilan onlayn muloqot o'tkazildi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Xorazm viloyati filiali mas'ul xodimlari hamda “RSS-Servis” tashkilotining ishonchli vakili ishtirok etgan muloqotda mehnat migrantlarining muammolari tinglandi.

Muloqotda mehnat migrantlari issiq suv va maishiy texnikalar etarli emasligi, avans ish haqi berilishi kechiktirilayotganini bildirdi. “RSS-Servis” mas'ul xodimlari aniqlangan muammolarni tez kunlarda bartaraf etish uchun amaliy ishlar olib borilayotganini ma'lum qildi. SHu kunning o'zida yurtdoshlarimizga avans ish haqi berildi. deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.