Soʻnggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, mehnat sohasiga oid yangi qonunlar, bir qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilinmoqda. Bugungi kunga kelib, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari sohasida 70 ta xalqaro-huquqiy hujjat, shu jumladan Xalqaro mehnat tashkilotining 17 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilingan.

Prezidentimizning 2020-yil 22-iyundagi Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 73-bandida “Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisida”gi 187-sonli konvensiyasini ratifikatsiya qilish masalasini koʻrib chiqish belgilangan.

2021-yil 12-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi tomonidan “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasining huquqiy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.

Unda deputatlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Sanitariya gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti mutasaddilari, ekspertlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda Xalqaro mehnat tashkilotining(XMT) “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisida”gi 187-sonli konvensiyasini Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish imkoniyatlarini oʻrganish natijalari atroflicha muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, Xalqaro mehnat tashkilotining 187-sonli Konvensiyasi 2006-yil 31-mayda Xalqaro Mehnat Tashkiloti Bosh konferensiyasining 95-sessiyasida qabul qilingan. Mazkur konvensiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarishda shikastlanishlar, kasbiy kasalliklar va insonlar oʻlimining oldini olish uchun doimiy ravishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasini takomillashtirishdan iboratdir. 187-sonli Konvensiya XMTning ustuvor konvensiyalaridan biri hisoblanib, unga binoan milliy qonunchilikda ish beruvchilar va ishchilarning eng eʼtiborli tashkilotlari bilan kelishgan holda milliy siyosat, milliy tizim va milliy dastur ishlab chiqish orqali kasb kasalliklari, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va insonlar oʻlimining oldini olish maqsadida mehnat xavfsizligi va gigiyenasini doimiy ravishda takomillashtirishga koʻmaklashish nazarda tutiladi.

Hozirgi kunga qadar, XMTning 187-sonli konvensiyasi 49 ta davlat, shu jumladan MDH mamlakatlaridan Qozogʻiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Deputatlar qayd etganidek, konvensiya qoidalarining aksariyati milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilingan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 211-moddasiga binoan barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan boʻlishi kerakligi belgilangan boʻlsa, bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga yuklatilgan. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilab berilgan.

Davra suhbatida taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yana-da takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlari bilan tasdiqlangan dasturlarga asosan 300 ga yaqin mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari qabul qilinib amaliyotga joriy etilgan.

Tadbir ishtirokchilari eʼtirof etganidek, Oʻzbekiston XMTning 187-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilishga tayyor va bu kelgusida mehnat xavfsizligi va gigiyenasining huquqiy asoslarini mustahkamlashga zamin yaratadi.

Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi mutaxassislari, Sanitariya gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti olimlari Oʻzbekistonda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi talablariga rioya etilishi holatlari, yutuqlar va mavjud muammolar toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, mazkur konvensiyani ratifikatsiya qilinishi bu boradagi ishlar samaradorligini yana-da oshishiga xizmat qilishini bildirdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 187-sonli Konvensiyani ratifikatsiya qilish milliy qonunchilikni yana-da takomillashtirishga, Xalqaro mehnat tashkiloti hujjatlarida belgilangan, mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslariga taalluqli boʻlgan prinsiplarni hisobga olgan holda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi sohasidagi xalqaro standartlarni samarali joriy etishga, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda mamlakatimizning ijobiy imijini shakllantirish uchun xizmat qiladi.

Hozirgi kunga qadar, XMTning 187-sonli konvensiyasi 49 ta davlat, shu jumladan MDH mamlakatlaridan Qozogʻiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tomonidan ratifikatsiya qilingan. Soʻngi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, mehnat sohasiga oid yangi qonunlar, bir qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilinmoqda. Bugungi kunga kelib, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari sohasida 70 ta xalqaro-huquqiy hujjat, shu jumladan Xalqaro mehnat tashkilotining 17 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilingan.

Prezidentimizning 2020-yil 22-iyundagi Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 73-bandida “Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisida”gi 187-sonli konvensiyasini ratifikatsiya qilish masalasini koʻrib chiqish belgilangan.

2021-yil 12-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi tomonidan “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasining huquqiy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda deputatlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Sanitariya gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti mutasaddilari, ekspertlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Xalqaro mehnat tashkilotining(XMT) “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisida”gi 187-sonli konvensiyasini Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish imkoniyatlarini oʻrganish natijalari atroflicha muhokama qilindi.