“Mehrli maktab”da ta’lim olayotgan bolalar uchun homiylik asosida 4000 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi
Ta'lim
21 iyn 2022, 10:34
3 304
Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga umumiy o‘rta ta’lim berish uchun tashkil etilgan “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasida uzoq muddat davomida davolanayotgan maktab yoshidagi bolalarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tashabbusi bilan 4000 dan ortiq badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar sovg‘a qilindi.
Kitob to‘plamlari tarzidagi sovg‘alarni “Mehrli maktab” direktori Nigora Alimova “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori To‘lqin Muxammadiyevdan qabul qilib oldi.
Xalq ta’limi vazirligi mazkur tashabbus uchun “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyiga minnatdorchilik bildiradi.