U mamlakatning 200 yillik tarixida davlat rahbari lavozimini egallagan birinchi ayol bo'ladi.

Sheynbaum hukmron chap qanot “Milliy tiklanish uchun harakat” partiyasidan nomzod. Siyosatchi qariyb 100 milliard dollar qarzi bor davlat neft` kompaniyasi Pemexni barqaror ushlab turishga va Milliy gvardiya funksiyalarini kengaytirishga va'da berdi. U, shuningdek, sudyalarni xalq ovozi bilan saylashni va korrupsiyaga uchragan sudyalarni jazolash uchun intizomiy organ tashkil etishni taklif qildi, deb xabar beradi tengrinews.kz.