Bolakay aylanib yurgan vaqtida Ksitle vulqonining krateri chetiga yaqinlashib, 50 metr balandlikdan tushib ketgan. Shunday bo'lsa-da, tirik qolgan, biroq jiddiy jarohat olgan. Hodisaga tuproqni yomg'ir suvi yuvib ketgani sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.
Bolaning xolasi voqea joyiga qutqaruvchilarni chaqirgan. Ular bolani kraterdan chiqarib, vertolyotda kasalxonaga olib ketishdi. Bolaga bosh suyagining og'ir jarohati, tizzaning lat yeyishi va chap yelkasining sinishi tashxisi qo'yilgan, deb xabar beradi mir24.tv.