Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Ushbu musobaqada merganlarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.
Shu yil boshida qitʼa chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz Behruz Sharapov bu gal ham gʻoliblikka erishib, skit dasturida ayni paytda qitʼamizning eng kuchli sportchilaridan biri ekanini yana bir karra koʻrsatdi.
— Oltin medal — Behruz Sharapov (skit, yakkalik
— Kumush medal — Behruz Sharapov, Daniil Jalnin, Ernest Sattarov (skit, jamovaiy) Azamat Qayumov, Shohruh Sadirov, Ohunjon Abduqodirov (trap, jamoaviy) Bekzod Abdurahimov (skit, yakkalik)
— Bronza medal — Azamat Qayumov (trap, yakkalik) Bekzod Abdurahimov, Georgiy Popov, Timur Yenaliyev (dabl trap, jamoaviy)