Metropoliten axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishi 6- va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qurilish konstruksiyalarining beton ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan 7-bekat (Qo‘yliq) 2022-yil 10-noyabr kuni soat 21:00 dan yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishida poyezdlar harakati "Do‘stlik-2" bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.

11-noyabrdan "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishida poyezdlar harakati doimiy jadval asosida amalga oshiriladi.

"Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", deyilgan xabarda.