Unga koʻra, avtobuslar “Tashkent Indeks” talabalar yotoqxonasi – 3-metro bekati”, “Tashkent Indeks” talabalar yotoqxonasi – 4-metro bekati” hamda “Tashkent Indeks” talabalar yotoqxonasi – 5-metro bekati” yoʻnalishlarida harakatlanmoqda.
Ushbu avtobus yoʻnalishlari talabalarni toʻgʻridan-toʻgʻri “Tashkent Indeks” talabalar yotoqxonasidan oʻquv manzillariga yetib olishlari hamda turar joylariga qaytib kelishlari uchun maxsus tashkil etilgan. Mazkur yoʻnalishda xizmat koʻrsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning “4-Avtobus saroyi” va “12-Avtobus saroyi” filiallariga biriktirilgan.