Bugun, 4-oktyabr sanasida soat taxminan 07:55 lar atrofida Chilonzor yoʻnalishining "Chinor" (5-bekat) bekatidan harakatlanishi lozim boʻlgan 14-sonli harakat tarkibining tormoz tizimida texnik nosozlik holati kuzatilgan va buning natijasida ushbu harakat tarkibi belgilangan vaqtda harakatlana olmadi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, yoʻlovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yoʻnalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligini oldini olish maqsadida, ortidagi yoʻlovchilarsiz boʻlgan poyezd orqali tirkamaga olinib, harakat tarkibi tekshiruv yoʻlagiga olib borilgan.
Hozirgi vaqtda yoʻnalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.