Metropoliten: eski turdagi vagonlarni sovutish qurilmalari bilan jihozlash imkonsiz

    Ijtimoiy tarmoqlarda metropoliten vagonlarida havoning issiqligi yuzasidan shikoyat qilgan yoʻlovchining murojaati keng tarqalmoqda.

    Eski turdagi vagonlarni sovutish qurilmalari bilan jihozlash imkonsiz.

    Ijtimoiy tarmoqlarda metropoliten vagonlarida havoning issiqligi yuzasidan shikoyat qilgan yoʻlovchining murojaati keng tarqalmoqda.

    “Toshkent metropoliteni” DUK maʼmuriyati Ushbu holat yuzasidan tushuntirish berdi.

    Qayd etilishicha, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish uchun soʻnggi 5-yil davomida 41 ta yangi harakat tarkibi olib kelindi. Natijada metro vagon parkining 50 foizdan ziyod poyezdlari yangilandi (Bungacha metro poyezdlari parkida mavjud harakat tarkiblar soni 36 tani tashkil etgan).

    Ushbu keltirilgan yangi turdagi poyezdlar barcha zamon talablari asosida ishlab chiqarilgan boʻlib, yozning jaziramasida maxsus sovutish va sovuq kunlarda oʻzining isitish kabi koʻplab qulayliklariga ega.

    Aytish kerakki, ushbu video murojaatda taʼkidlangan harakat tarkibi koʻp yillik foydalanilayotgan eski turdagi harakat tarkibi boʻlib, ishlab chiqaruvchi tomonidan maxsus sovutish tizimi mavjud boʻlmagan holda ishlangan va bu turdagi qurilma bilan jihozlash imkonsiz.

    Metropoliten yangi harakat tarkiblari haridi yoʻlga qoʻyilgani va jarayon davomiy tarzda amalga oshirilayotganini, bosqichma-bosqich ravishda metro vagon parkidagi poyezdlar yangilanishi rejalanganini maʼlum qildi.

    Shuningdek, bu ishlar davomi sifatida 2025-2026-yillar davomida yana yangi 14 ta toʻrt vagonli harakat tarkibi harid qilinib, yoʻnalishlarga chiqarilishi maqsad qilingan va buning ustida kerakli ishlar amalga oshirilmoqda.