Biroq olingan mablag'larni oyma-oy belgilangan jadval asosida qaytarish lozim bo'lsada, bunga jamiyat tomonidan ma'suliyatsizlik bilan yondoshiladi. Natijada, grafikga amal qilinmaganligi bois, da'vo arizasi kiritiladi.

Fuqarolik ishlari bo'yicha Namangan tumanlararo sudining qo'shimcha javobgar Abdulxakim Abdullaevga tegishli bo'lgan mol-mulk hisobidan bank foydasiga 135.760.000 so'm qarzdorlikni undirish to'g'risida hal qiluv qarori qabul qilinadi.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Namangan shahar bo'limi ish yurituviga olinib, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda ijro ishi qo'zg'atildi. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorga sud qarorining ijrosini ta'minlash uchun ixtiyoriy muddat beriladi va bir necha bor ogohlantiriladi.  Olib borilgan ijro harakatlari samara berib, joriy yilning 10 iyun` kuni qarzdorlik bank foydasiga undirib berildi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi