AQSHda koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq vaziyat tufayli “Microsoft” kompaniyasi ushbu mamlakatda faoliyat yurituvchi xodimlari uchun masofaviy ishlash imkoniyatini yana-da uzaytirishga qaror qildi.

CNNning xabar berishicha, ushbu format yana bir necha oy davomida ularga taqdim etiladi.

Qayd etilishicha, Amerika korporatsiyasi rahbariyati masofadan turib ishlash rejimining 2021-yil 19-yanvargacha uzaytirilishini eʼlon qilgan.

Kengashning taʼkidlashicha, “Microsoft” ofislari joylashgan mamlakatning har bir mintaqasida mahalliy darajada vaziyat kuzatib borilmoqda. Va ayni shunga qarab, masofaviy ishlash rejimini “olib tashlash” shartlari farq qilishi mumkin.