Oʻzbekistonda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari bekor qilinishi mumkin. Bu 2025-yilga moʻljallangan soliq-byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari qabul qilinishi rejalashtirilgani munosabati bilan Soliq kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasida nazarda tutilgan.
Aylanmadan soliqni qatʼiy belgilangan stavka boʻyicha undirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. U oʻtgan yili 4 foiz miqdorida joriy qilingan edi.
2025-yil 1-yanvardan 500 million soʻmgacha boʻlgan yillik jami daromad uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi 34 million soʻmni (+36 foiz), 500 million soʻmdan 1 milliard soʻmgacha boʻlgan daromadlar uchun 40 million soʻmni (+33,3 foiz) tashkil etadi.
Bunda ushbu soliq rejimining amal qilish muddati 2026-yil 1-yanvar qilib belgilanmoqda. Bu muddatdan soʻng mikrofirmalar aylanma soliqni soddalashtirilgan tartibda toʻlash imkoniyatidan mahrum boʻlishi mumkin.