Farg'ona shahridagi  26-umumiy o'rta ta'lim maktabida Alisher Navoiy tavalludining kutlug' 581 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan adabiy kechada so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy  hayoti, solix amallari haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. 

Adabiy kechada “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo'limi faollari, o'zbek musiqali drama teatri akterlari, ustoz va murabbiylar ishtirok etdi.

Alisher Navoiy nafaqat she'riyat, balki mehr va saxovat amallarida ham ko'pga ibrat bo'lib kelgan. O'z mablag'i hisobidan 300 ta bekat, 20 ta ko'prik, 17 ta masjid, 10 ta so'fiylar uchun turar joy, 9 ta hammom, tegirmon va shifoxonalar qurdirdi, kambag'al qatlamga yordam bergan. Ko'rinib turibdiki, o'z davrida Alisher Navoiy chinakam xalqparvar, adolatparvar davlat arbobi sifatida hurmat, e'tibor qozongan kishilardan bo'lgan.  

Tadbir davomida, yoshlar va teatr ijodkorlari tomonidan buyuk shoir hayot va ijodi bilan bog'liq turli  sahna kurinishlar namoyish etildi. Uning qalamiga mansub she'r va g'azal, kuy-qo'shiqlar ijro etildi. 

Adabiyot, she'riyat bazmida faol ishtirok etgan o'quvchi yoshlar, ustoz va murabbiylar “Mahalla” hayriya jamoat fondi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

  “Mahalla” xayriya jamoat fondi

viloyat bo'limi matbuot xizmati