Toshkent shahar Sergeli tumani 322-maktabda, Yangihayot tumani 285-maktabda rejissyor Zilola Joʻrayevaning “Afv”, Mirzo Ulugʻbek tumani 225-maktabda Ilhom Muhammadibrohimovning “Maktab-hayotim”, Mirobod tumani 60-maktabda Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmlari namoyish etildi.
Uchtepa tumani Oʻzbekiston badiiy akademiyasi respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida Ilhom Muhammadibrohimovning “Maktab hayotim”, Olmazor tumani “Archobod” MFYda Shohrux Rasulovning “Bir kunlik toʻy” filmlari taqdim etildi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent davlat texnika universitetida Rashid Malikovning “Tutqunlik”, Toshkent davlat pediatriya institutida Zilola Joʻrayevaning “Afv” kinokartinalari namoyish etildi.