Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston kurash federatsiyasi yillik taqvim-rejasidagi mazkur chempionatning ahamiyatli jihati shundaki, har bir vazn toifasidagi g'oliblar belgilangan me'yorlarga muvofiq oliy o'quv yurtlariga imtihonsiz, imtiyoz asosida talabalikka qabul qilinadi.
Ham chempionlik, ham talabalik baxtiga muyassar bo'lishni maqsad qilgan polvonlar chempionatda bor mahoratini ishga soldi. Yakunda quyidagi sportchilar o'z vazn toifasida birinchi o'rinni egalladi.
O'smirlar:
50 kg. – Javohir Zokirov (Jizzax)
55 kg. – Sherzod Normurodov (Navoiy)
60 kg. – Bobomurod Muxtorov (Andijon)
66 kg. – Alpomish Shodiev (Surxondaryo)
73 kg. - Ahror Ziyodullaev (Toshkent sh.)
81 kg. – Muhammadqodir Amanov (Buxoro)
90 kg. – To'lqin Turdiev (Buxoro)
+90 kg. – Qurbonboy Rajabov (Navoiy)
Qizlar:
44 kg. – Munisa eshqulova (Qashqadaryo)
48 kg. – Gulhayo Jo'raeva (Qashqadaryo)
52 kg. - Jumagul Otajonova (Xorazm)
57 kg. – Komila Qahhorova (Surxondaryo)
63 kg. – Oliya Hamidova (Qashqadaryo)
70 kg. – Ravzaxon Adasheva (Namangan)
+70 kg. – Pokizaxon Kamoliddinova (Farg'ona)
Ilhom RAHMONOV