Uchrashuvda elchixona va «BMB TRADE GROUP» kompaniyasi bilan hamkorlikda Boltiqbo'yi mamlakatlariga milliy mahsulotlar eksporti hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog'ida milliy mahsulotlarni Evropaga eksport qilishda Latviya o'zining qulay va funktsional logistika tizimi bilan muhim xabga aylangani alohida ta'kidlandi. Quruqlik, temir yo'l va havo yo'llari orqali yuk tashish uchun qulay imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
elchi kompaniya mahsulotlarini Boltiqbo'yi mamlakatlariga eksport qilish bo'yicha barcha zarur yordam ko'rsatilishini aytib o'tdi va yaqinda Riga shahrida ochilgan «O'zbekistan» savdo uyi imkoniyatlari haqida ma'lumot berdi.
Kompaniya rahbari Behzod Mamatqulov, o'z navbatida, diplomatiya missiyasi ko'magida Latviyaning yirik kompaniyalarini «BMB TRADE GROUP» tomonidan etishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari, jumladan, shafran haqida kengroq xabardor qilishda ko'mak berishni taklif qildi.
Uchrashuv natijasida «BMB TRADE GROUP» mahsulotlarini Boltiqbo'yi mamlakatlari bozorlariga kiritish bo'yicha amaliy sa'y-harakatlarni faollashtirish to'g'risida kelishib olindi.