Milliy markazda AQSHning Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻldi
2022-yil 5-aprel kuni Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov AQSHning Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi Nadin Maenza boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
AQSH delegatsiyasi aʼzolariga mamlakatimizda inson huquqlari sohasida, ayniqsa, yurtimizdagi islohotlar dasturining muhim yoʻnalishi sifatida diniy erkinliklarni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.
Keyingi yillarda diniy tashkilotlarga doir milliy qonunchilik takomillashtirildi. Bunda YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (DIIHB), Venetsiya komissiyasi hamda AQSHning Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi, Brigam Yang universiteti professori Elizabet Klarkning tavsiyalari, qolaversa, butun dunyoda sodir boʻlayotgan haqiqiy holat hamda koʻp asrlik tarixiy va diniy qadriyatlar hisobga olindi.
Oʻzbekistonda “jaholatga qarshi maʼrifat” asosiy tamoyilining timsoli sifatida din bilan bogʻliq jinoyatlari uchun jazolangan insonlar orasida jinoyatlashuv va radikallashuvning oldini olish borasida Taraqqiyot strategiyasi doirasida izchil amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ijtimoiy muhitga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Binobarin, jamiyatda konfessiyalararo muloqot va diniy bagʻrikenglikni yanada mustahkamlashga yoʻnaltirilgan din sohasida olib borilayotgan Oʻzbekiston siyosati barqarorlik va xavfsizlikning muhim omilidir.

Oʻzbekistonda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarni AQSH Davlat departamenti yuqori baholamoqda. Xususan, 2020-yilda AQSH Davlat departamenti tomonidan Oʻzbekiston diniy erkinlik sohasidagi “maxsus kuzatuvdagi davlatlar” roʻyxatidan chiqarildi.
AQSHning Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi N.Maenza samimiy muloqot uchun minnatdorchilik bildirdi. Oʻzbekistondagi ijobiy oʻzgarishlardan mamnunligini izhor etdi. Oʻzaro amaliy hamkorlikka tayyorligini maʼlum qildi.
Tomonlar oʻrtasida amaliy savol-javoblar boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi tarixda birinchi marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha kengashiga aʼzo etib saylangani soʻnggi yillarda mamlakatda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak eʼtirof etilishining amaliy ifodasi ekani qayd etildi.
Uchrashuvda AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum ishtirok etdi.
Inson huquqlari boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati