Milliy palata tomonidan Turkiya tibbiyotining ilgʻor tajribasi oʻrganildi

    Salomatlik 18 Mart 2022 2633

    Zamonaviy davolash usullarini oʻrganish — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining asosiy vazifalaridan biridir. Uni bajarish maqsadida Milliy palata rahbari 2022-yil fevral oyi oxirida tarkibiga 34ta tibbiyot tashkilotlari kiradigan Medical Park (Turkiya) Klinikalari tarmogʻida ishni tashkillashtirish bilan tanishib chiqdi.

    Milliy palata raisi Rovshan Izamov va Medical Park rahbariyatining menejer Semr Syonmez rahbarligidagi aʼzolari ishtirok etgan muzokaralar davomida tomonlar hamkorlik haqida Memorandum imzoladilar.

    Tashrif doirasida Klinikalar tarmogʻining koʻplab yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladigan faoliyati bilan tanishuv amalga oshirildi. Medical Parkning Floria klinikasiga tashrif vaqtida ularning bir qatori, xususan, funksiyalar va harakatdagi chegaralanishlarni davolashning samarali usullariga ega zamonaviy fizioterapiya va reabilitatsiya tizimi imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Bunday chegaralanishlar bemorlarda har xil sabablarga koʻra, jumladan, shikastlanish, mushaklardagi, nerv va suyak tizimlaridagi muammolar, nevrologik kasalliklar va boshqa sabablar tufayli paydo boʻladi.

    Bemorlar harakatida shikastlanish, mushaklardagi, nerv va suyak tizimlaridagi muammolar, nevrologik kasalliklar va boshqa har xil sabablarga koʻr chegaralanishlar paydo boʻladi.

    Medical Parkning Floria klinikasiga tashrif doirasida yuqorida taʼriflangan chegaralanishlarni davolashning samarali usullariga ega zamonaviy fizioterapiya va reabilitatsiya tizimi imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

    Xususan, Milliy palata rahbari tayanch-harakat funksiyalari turlicha shikastlangan bemorlarda yurish koʻnikmalarini tiklashga moʻljallangan robotlashtirilgan ekzoskelet qurilmasi imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Bu va boshqa usullarning dolzarbligini inobatga olgan holda Oʻzbekistonda qoʻshma reabilitatsiya markazi tashkil etish imkoniyatlari muhokamasi boʻlib oʻtdi.

    Tibbiyotning yana bir eng zamonaviy yoʻnalishlaridan biri — bu bemorlarni organlarni transplantatsiya qilish yoʻli bilan davolashdir. Xususan, bugun bu organ yetishmovchiligining terminal bosqichini davolashning eng yaxshi uslubi hisoblanadi. Bu haqda professor Abuzer Derinchkan soʻzlab berdi. Zamonaviy texnologik infratuzilma barcha yosh guruhidagi bemorlarda buyrak va jigarni transplantatsiya qilishga imkon beradi. Koʻrsatmalar boʻyicha, bemorlarga, jumladan yosh bolalarga ham operatsiyadan soʻng intensiv terapiyaning individual sharoitlari tavsiya qilinadi.

    Transplantatsiyadan keyin zarur boʻlgan murakkab davolash tadbirlari, ayniqsa, intervension tadbirlar gastroenterologiya klinikasida, EUZI, ERXPG va radiologiya klinikasida tajribali shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Transplantatsiyani oʻtkazgan bemor uchun eng muhimi — bu koʻchirib oʻtkazilgan organlarning uzoq vaqt davomida funksiyada boʻlishi. Shu maqsadda operatsiyadan keyingi kuzatuv va hayot tarzidagi muhim oʻzgarishlar boʻyicha maslahatlar olib boriladi.

    Hozirgi kunda eng koʻp transplantatsiya qilinadigan organ va toʻqima sifatida buyrak, jigar, yurak, oʻpka, oshqozon osti bezi, ingichka ichak, ilik, koʻz pardasi sanaladi.

    Zamonaviy tibbiyotda organizmga juda kichik (nuqtaga teng) vositalarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladigan tashxislash va davolash uslublarini oʻz ichiga oladigan Intervension radiologiya juda keng qoʻllaniladi. Tashxislash va davolashda ntervension radiologiyaning eng koʻp qoʻllaniladigan uslubi boʻlib angiografiya, ultratovush va kompyuter tomografiyasi kabi vizualizatsiya uslublari sanaladi. Angiografiyani tomirlarni davolashning okklyuziya, ballonirovaniye, qon ketishi kabi yurak tomirlaridan boshqa barcha turlarida qoʻllash mumkin.

    Medical Park – Gaziosmanpasha (“Gaziosmanpasha”) klinikasiga tashrif davomida Oʻzbekiston vakilini Intervension radiologiya imkoniyatlari bilan klinika direktori Zuxal Chelibioglu va doktor Ilker Tosun tanishtirdilar. Taʼkidlanganidek, bugun ushbu uslub yordamida tananing turli qismlaridagi oʻsmalarni, venaning varikoz kengayishini, jigar rakini va boshqa yana bir qator kasalliklarni davolash mumkin.

    Shu yerning oʻzida professorlar Djem Dene va Songyul Sarefxanoglu ishtirokida zamonaviy gematologiyaning qonning, shuningdek qon ishlab chiqilishida rol oʻynaydigan organlarning, jumladan limfatik organlarning, taloqning, ilikning kasallanishi bilan bilan bogʻliq imkoniyatlari haqida fikrlar almashildi. Mazkur yoʻnalishning murakkabligi inobatga olingan holda Turkiya Klinikalar tarmogʻida gematolog-mutaxassislarini tayyorlash umumiy hisobda 13 yil oʻqishni, jumladan 3 yil mutaxassislikka ega boʻlish davrini oʻz ichiga oladi.

    Gematologiya fanlararo yondashuvni, jumladan, tibbiy va radiatsiya onkologiyasi bilan hamkorlikni talab qiladigan soha sanaladi. Gematologik kasalliklarni zamonaviy davolashda ilik transplantatsiyasi muhim rol oʻynaydi. Shunday ekan, buning uchun bunaqangi davolash olib boriladigan shifoxonada toʻliq jihozlangan boʻlinma va tajribali komanda boʻlishi juda muhim.

    Yana bir tibbiyot tarmogʻi — Goztepe (“Geztepe”)ga tashrifiga va uning direktori Serdali Shirin va professor neyroxirurg Tyurker Kыlыch bilan suhbat “Gamma-noj” (“Gamma-pichoq”) deb ataluvchi zamonaviy davolash uusli bilan tanishuvga bagʻishlangan.

    “Gamma-noj” — bu neyroxirurglarga bosh miyaning patologik qismini hech qanaqangi kesishsiz operatsiya qilish imkonini beradigan zamonaviy davolash usuli. Ushbu usulda stereotaksik radioxirurgiya qoʻllaniladi. Uni qoʻllash bosh miyaning uygʻunlangan shikastlangan toʻqimalarini gamma-nurlar yordamida bartaraf etilishini taʼminlaydi. Unday davolash bir seansda yakunlanadi va ochiq neyroxirurgiyani qoʻllash mumkin boʻlmagan yoki qoʻllash katta xavf tugʻdiradigan hollarda qoʻl keladi.

    Bahchelievler (“Baxcheliyevler”) klinikasiga tashrif paytida bu yerda yurak-qon tomir jarrohligida qoʻllaniladigan innovatsiyalar bilan tanishuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda Rovshan Izamovning professor Ibraxim Chinar Bayar bilan uchrashuvi jarayonida soʻz yuritildi.

    Taʼkidlanganidek, bugun dunyodagi, shu jumladan, Turkiyadagi oʻlim sabablarining aksariyatini yurak-qon tomir kasalliklari tashkil etadi. Bugungi kunda tibbiyotning yutuqlari tufayli muntazam koʻrikdan oʻtib turganlarda kasallikni erta tashxislash mumkin.

    Soʻngi yillarda qoʻllanilayotgan uslublar yurak-qon tomir tizimining ahvolini nisbatan aniq oʻrganish imkonini beradi, demak, insonga beriladigan yordam samaraliroq boʻladi. Xususan, Klinikada qoʻllaniladigan kompyuterlashtirilgan CGM Test yurak xuruji xavfidan klassik EKGga nisbatan barvaqtroq ogohlantira oladi. 3D-EKG kabi tanilgan CGM (kardiogoniometriya) ham yurak va yurakka olib boruvchi tomirlarning uch oʻlchovli elektr faolligini oʻlchaydi va tasvirlaydi. Bunda, 4-5 daqiqalik davolash jarayonida bemorlar radiatsiya yoki qandaydir kimyoviy moddalar taʼsiriga duch kelmaydi.

    Arteriyadagi qon oqimini aniqlashni bugun Testa LPI yordamida amalga oshirish mumkin. U asosan, qoʻl yoki oyoqlarni oziqlantirib turadigan arteriyalarning torayishi, va bunda shikastlangan qoʻl-oyoqlarda qon aylanishining buzilish kuzatiladigan pereferik kasalliklarni tashxislash uchun qoʻllaniladi.

    Yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolashning zamonaviy usullarini muhokama qilish jarayonida koronar angiografiya, koronar shuntirovaniye usullari, tegishli yurak klapanini tiklash yoki almashtirish boʻyicha operatsiyalar, aorta anevrizmlari jarrohligi koʻrib chiqildi.

    Klinikalarga tashrif davomida ularning rak kasalliklarini davolash boʻyicha imkoniyatlari ham koʻrib chiqildi. Onkolog Savash Tuna taʼkidlaganidek, bugun radiatsiya onkologiyasida yangi avlod nur terapiyasi — hajmli yoysimon terapiya texnologiyasini qoʻllash imkoniyati mavjud. Shuningdek, PET-KTni qoʻllash kasallangan qismni aniqroq koʻrish imkonini beradi. Klinikalar tarmogʻining radiatsiya onkologiya boʻlinmalarida barcha uskunalar oʻzaro maʼlumot almasha oladi. Bu rakni davolashda xatolarni keskin kmayishiga xizmat qiladi.

    Radiatsiya onkologiyasi rak toʻqimalariga ionlashtirilgan nurlanish taʼsirini qoʻllaydi. U davolash jarayonlari nurlashni qoʻllash bilan olib boriladigan radioxirurgiya va nur terapiyasiga boʻlinadi. Mutaxassislarning bergan maʼlumotlariga koʻra, barcha rak bilan kasallangan bemorlarning 70 foizigacha qismi davolanishning har qanday bosqichida nur terapiyasiga muhtoj boʻladi.

    Belgilanadigan davolash rejasi doirasidagi zarur davolash jarayonlarni bajarish ustida tajribali onkolog-radiologlardan tashqari texnik-radiologlar ham ishlaydilar. Ular davolashda qoʻllaniladigan nur terapiyasi uskunalarining texnik xizmatini taʼminlaydi. Tibbiyot onkolog-hamshiralari radiatsiya onkologiyasi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtadi. Ularning vazifasiga bemorlarni nur terapiyasi prinsiplari haqida, davolanishga talablar haqida, salbiy oqibatlarni kamaytirish usullari haqida xabardor etib turish ham kiradi.

    Shuni taʼkidlaymizki, imzolangan Memorandum doirasida Milliy palata tomonidan Oʻzbekistonning turli hududlaridagi bemorlarni tashxislash va davolashga Klinikalar tarmogʻi shifokorlarini xayriya asosida jalb etish, ilgʻor tibbiy tajriba almashish, Turkiyaning ilgʻor tibbiyot muassasalarida vatanimiz mutaxassislarining stajirovkasini tashkil etish boʻyicha yaqin hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

    Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi.