Doʻstlik uyida boʻlib oʻtgan taʼsis yigʻilishida Belarus va Oʻzbekiston oʻrtasida oʻrnatilgan doʻstona hamda ishonchli munosabatlar muhimligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, aloqalar koʻp yoʻnalishlarda rivojlanib boryapti. Xalq diplomatiyasi davlatlararo munosabatlarni toʻldiruvchi va davom ettiruvchisi hisoblanadi.

Yigʻilishda Belarus Xorijiy davlatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati raisi Nina Ivanova ushbu jamiyatning tashkil etilishi Oʻzbekiston madaniyati, tarixi va anʼanalari bilan yaqindan tanishish imkonini beradigan keng koʻlamli tadbirlarni amalga oshirish imkonini berishini taʼkidladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

“Belarus–Oʻzbekiston” jamiyati boshqaruvi tarkibiga turli soha vakillari kiritilgani Belarus–Oʻzbekiston munosabatlarining faol rivojlanishini nazarda tutadi.

“Belarus Oʻzbekistonning dunyo mamlakatlari bilan aloqalarida alohida oʻrin tutadi. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi masofa jugʻrofiy jihatdan uzoq boʻlishiga qaramay, Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi jadal rivojlanib boryapti. Ikki doʻst mamlakat xalqlarini juda yaqin va umumiy jihatlar bogʻlab turadi”, — dedi yigʻilishda Oʻzbekistonning muvaqqat ishlar vakili Rahmatulla Nazarov.